"Chelsi"dagi golidan keyin Dastan Satpaev mashhur bo‘lib ketdi
Meksikalik bloger va futbol mavzusidagi kontent muallifi Karlos Reynoso o‘z obunachilarini Qozog‘iston terma jamoasi va Londonning «Chelsi» klubi forvardi Dastan Satpaevga e’tibor qaratishga chaqirdi.
- Uni tanib oldingizmi? Mana, u o‘zining ilk golini urdi, Xabi Alonso davridagi birinchi golini. Tanishing, Dastan Satpaev. «Chelsi»ning yangi futbolchilaridan biri va siz bilishingiz kerak bo‘lgan qozok futboli durdonasi, — deb yozdi Reynoso X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Uning sahifasida 100 mingga yaqin obunachi bor.
Eslatib o‘tamiz, 28 iyul kuni Dastan Satpaev «Chelsi» tarkibida o‘zining debut golini urdi. U Avstraliya klubi «Western Sidney Wonderers»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (6:4) golga mualliflik qildi.
Shuningdek, 17 yoshli qozog‘istonlik futbolchi londonliklarning ikkinchi golida ham ishtirok etdi.
1 avgust kuni Sidneydagi «Akkor» stadionida Xabi Alonso jamoasi «Tottenxem»ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar