
"Chelsi" Daniloni o‘z tomoniga og‘dirib olmoqchi
Londonning “Chelsi” klubi “Real”ning braziliyalik himoyachisi Danilo borasida “Yuventus”ni ortda oldirmoqchi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki, bundan avvalroq turinliklar “qirollik klubi” bilan 25 yoshli futbolchini 20 mln evro evaziga sotib olishga kelishib olgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, “Yuve” ayni damda “Bavariya” yarim himoyachisi Duglas Kostaning transferi borasida bosh qotirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Danilo “Real”ga 2015 yil "Portu" safidan 31,5 mln evro evaziga kelib qo‘shilgan edi. Biroq, futbolchi “qirollik klubi”da kutilgan natijani bermadi. U yakunlangan mavsum La Liganing 17ta turida maydonga tushgan va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar