“Chelsi” haydayotgan futbolchini 9 ta klub so‘rayapti

  • 21 iyun, 2023, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sky Sports nashri “Chelsi”dagi holatga e’tibor qaratdi. O‘tgan yili yozda “aristokratlar”ning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Tomas Tuxel “Barselona”da o‘ynab yurgan eski shogirdi Per-Emerik Obameyangni Londonga olib kelgandi.

Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, germaniyalik mutaxassis iste’foga chiqarildi. Keyin “Chelsi”ni boshqargan birorta bosh murabbiy gabonlik to‘purarga imkon bermadi.

“Chelsi”ni keyingi mavsumga tayyorlayotgan Maurisio Pochettino ham 33 yoshli futbolchiga suyanmasligini aytgan.

Shunga qaramay, Obameyangga to‘qqizta jamoa ish berishga tayyor. Manbaning ta’kidlashicha, Saudiya Arabistoni to‘rt klubi – “Al-Ittihod”, “Al-Hilol”, “An-Nasr”, “Al-Ahli”, Evropaning besh klubi – “Barselona”, “Inter”, “Milan”, “Galatasaroy” va “Fenerbahche” tajribali to‘purarga ko‘z tikmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!