"Chelsi" Kavanini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, ammo...
Londonning "Chelsi" klubi PSJ forvardi Edinson Kavaniga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Daily Express nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra "aristokratlar" 31 yoshli urugvaylik hujumchini joriy qishki transferlar davridayoq sotib olishmoqchi va buning uchun parijliklarga 56 mln evro to‘lashga tayyor. Biroq, PSJ mavsum o‘rtasida mahoratli hujumchisini qo‘yib yubormasligi mumkin.
Ma’lumot uchun, Kavani joriy mavsum PSJ safida jami 18ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 13 gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2020 qadar imzolangan. Transfer bahosi 55 million evroga baholanmoqda.



Fikrlar