"Chelsi" Kaysedo uchun bir transferdan voz kechdi

  • 12 avgust, 2023, 04:55
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

"Chelsi" tarkibni kuchaytirish niyatida "Lids"dan Taylor Adamsni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga yaqin turgandi. Futbolchi va klub bilan kelishuv erishilgan, yarim himoyachi tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilayotgan bir paytda bu transfer barbod bo‘ldi. Bu haqda Fabritsio Romano va David Ornshteyn kabi insayderlar xabar berdi. 

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu transfer amalga oshmasligida Moyzes Kaysedoning "Liverpul"ga rad javobini berib, "aristokratlar"ni tanlagani bo‘lgan. London klubi tez orada ekvadorlik futbolchi uchun "chaykalarga" rasmiy taklif yuborishi kutilmoqda. 

Ma’lumot uchun, agarda Taylor "Chelis"ga o‘tganida, "Lids" 20 million funt ishlab olishi mumkin edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!