"Chelsi" MYuga qarshi bahsda noodatiy anterekord qayd etdi
"Chelsi" Angliya premer-ligasining 5-turi doirasida "Manchester Yunayted"ga mag‘lub bo‘ldi (1:2). O‘yinning 5-daqiqasida "ko‘klar" tarkibidan darvozabon Robert Sanches chetlatilgach, maydonda bir kishi kam bo‘lib qolishdi.
Tanaffusga qadar "qizil iblislar" ikkita gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi, keyin esa kuchlar tenglashdi - Kazemiro ham birinch bo‘lim so‘nggida maydonni tark etdi. Ikkinchi bo‘limda londonliklar safidan Trevo Chaloba oradagi farqni qisqartirdi.
"Opta" ma’lumotlariga ko‘ra, "Chelsi" hisobida darvozaga yo‘naltirilgan zarbalardan (beshta) ko‘ra ko‘proq kartochkalar (qizil kartochka bilan birga oltita) qayd etildi. Bu holat esa Premer-ligada ma’lumotlar yig‘ila boshlangandan buyon ilk bor sodir bo‘ldi.

Fikrlar