
"Chelsi" navbatdagi transfer uchun 100 mln evro atadi
Portugaliyalik vinger Rafael Leau faoliyatini Angliya Premer ligasida davom ettirishi mumkin.
"La Stampa" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Chelsi" uni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Londonliklar 23 yoshli futbolchi transferi uchun 100 million evrodan voz kechishga tayyor. Hujumchining o‘zi esa yiliga 10 million evro maosh ishlab topadi.
Leauning o‘zi hali "Milan"dan ketishni rejalashtirmayapti. U "rossonerilar" bilan 2024 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomasini uzaytirmoqchi.
Rafa joriy mavsum milanliklar libosida 28 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 9 tadan gol hamda assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar