
"Chelsi" og‘ir o‘tgan bahsda kichik hisobda g‘alaba qozondi
Angliya Kubogi 1/8 final bosqichida "Chelsi" "Barnsli" bilan bahs olib bordi va kichik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Chempionship klubi butun o‘yin davomida hujum uyushtirdi, biroq so‘nggi zarbaga aniqlik etishmadi. Uchrashuvdagi yagona golga Temmi Abraxam mualliflik qildi. Ikkinchi taymda qanotdan uzatilgan pasni forvard ochiq qolgan darvozaga to‘g‘rilab qo‘ydi. Shu tariqa, londonliklar turnirning chorak finaliga yo‘l oldi.
O‘yin saytimiz orqali matnli translyatsiya qilindi.
Fikrlar