“Chelsi” Oskardan tushgan pullarga “Real” yulduzini olib keladi

  • 18 dekabr, 2016, 17:02
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning “Chelsi” klubi yaqin kunlarda Oskarning Xitoyga transferini e’lon qilishi kutilmoqda. O‘z navbatida, “aristokratlar” braziliyalik futbolchidan tushgan pullarga “Real”ning kolumbiyalik yulduzini olib kelishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, londonliklar Madriddan Xames Rodrigesning APLga ko‘chib o‘tishini ko‘zlab turishibdi. Buning uchun “aristokratlar” “qirollik klubi”ga 75 million funt sterling berishga tayyorlar.  

Xabarlarga qaraganda, yaqin kunlarda tomonlar muzokaralarni boshlashlari kutilmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!