“Chelsi” oʻyinchilari sheriklarini tanqid qilgani uchun Entsodan norozi
"Chelsi" futbolchilari Enco Fernandesning so‘nggi paytdagi o‘zini tutishidan qattiq norozi bo‘lishmoqda.
The Telegraph xabariga ko‘ra, jamoa argentinalik yarim himoyachining so‘nggi o‘yinlar natijalari fonidagi xatti-harakatlaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Qayd etilishicha, "Chelsi"ning ayrim futbolchilariga so‘nggi 4 o‘yindagi mag‘lubiyatdan keyin Enconing tanqidlari yoqmagan. Xususan, Chempionlar Ligasi 1/8 finalining PSJga (2:5) qarshi dastlabki o‘yinida Filip Yorgensenning xatosidan so‘ng argentinalik futbolchi o‘z jamoasi darvozaboniga to‘pni otgan va uni xatosi uchun koyigan.
Bundan tashqari, jamoa Enco kelgusi mavsumda "Chelsi"da qolishiga shubha bildirganidan norozi.

Fikrlar