“Chelsi” to‘rtta superforvarddan quruq qoldi

  • 2 dekabr, 2023, 19:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Chelsi” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino tarkib ideal holga kelishi uchun ko‘p gol ura oladigan hujumchi olishni ta’kidlayotgan edi.

Argentinalik mutaxassis hujum markazida to‘rt nafar futbolchini ko‘rishni istayapti. “Aristokratlar” bu transferni yanvarga mo‘ljallagan.

Biroq, Pochettinoning rejasi ish bermaydigan bo‘ldi. “Napoli” mavsum o‘rtasida etakchi hujumchisi Osimxenni qo‘yib yubormasligini ma’lum qildi.

“Brentford” ham diskvalifikatsiya muddatini o‘tayotgan Tounini yanvarda transfer qilish fikridan qaytgan.

“Brayton” 18 yoshli hujumchisi Evan Fergyusonni yangi shartnomaga ko‘ndirdi va bu masalani juda tez rasmiylashtirib qo‘ydi.

Pochettinoning hamyurti Lautaro Martines faoliyatini “Inter”ga bag‘ishlashini va boshqa klubga o‘tmasligini ta’kidladi.

Manbalarga ko‘ra, endi “aristokratlar” “Feyenoord”dagi Santyago Ximenes, “Bayer”dagi Viktor Bonifase va “Leyptsig”dagi Benyamin Sheshkoning nomzodini o‘rganib chiqmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!