"Chelsi" va Frantsiya afsonasining murabbiylikda omadi kelmayabdi

  • 10 oktabr, 2024, 11:43
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Afsonaviy futbolchi Klod Makelelening murabbiylikda omadi kelmayabdi. U murabbiylikka tayinlanganidan atigi bir necha hafta o‘tib Gretsiya klubini tark etdi.

"Chelsi"ning sobiq yarim himoyachisi 13 sentyabr kuni mahalliy "Asteras" jamoasini qabul qilib olgandi. U uchta o‘yindan so‘ng bosh murabbiylik lavozimini tark etishga majbur bo‘ldi.

"Ular menga jamoani to‘liq nazorat qilishni topshirishni va’da qilishgan edi. Kim o‘ynashini men hal qilishim kerak edi. Transferlar ham mening vakolatlarimga kiritilishi kerak edi. Agar yomon natijalar tufayli meni ishdan bo‘shatmoqchi bo‘lishsa, bu normal holat. Bu futbol deb atash mumkin edi. Lekin odamlar menga kim o‘ynashi kerak, kim o‘ynamasligini aytishlarini aslo istamayman.

Oxirgi o‘yinda ular asosiy o‘yinchini zaxiraga olinishini talab qilishdi. Men shunday qilib, o‘sha bellashuvda unga atigi 20 daqiqa imkoniyat berdim. Natijani esa, o‘zingiz qarang: ikkita golli uzatma berdi va biz o‘yinda g‘alaba qozondik.

Men oldinga intiladigan murabbiyman. Futbolchilar uchun mas’uliyatni o‘z zimmamga olsam, nima qila olishim va nima qila olmasligimni bilaman. Men o‘z ishimni yaxshi ko‘raman. Biroq, tashqi tarfdan aralashuvlarni umuman qabul qila olmayman", - dedi Klod Makelele.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!