
"Chelsi" va "Yuventus" klublarining sobiq futbolchisi vafot etdi
“Yuventus” klubi va “Chelsi” klublarining sobiq futbolchisi Janluka Vialli 58 yoshida vafot etdi. Italiyalik futbolchi uzoq vaqt davomida oshqozon osti bezi saratonidan aziyat chekdi. Vialli 2020 yilda kasallikni engdi, ammo keyin yana qaytalandi.
Janlukaning so‘nggi ish joyi Italiya terma jamoasi bo‘ldi. U bosh murabbiy Roberto Manchiniga yordamchilik qildi. Vialli terma jamoa bilan 2021 yilda Evropa chempioni bo‘lgan.
Janluka XX asr oxirida Londonning "Chelsi" klubini ikki yil davomida boshqargan va iste’fodagi futbolchi-menejer bo‘lgan. Italiya terma jamoasi tarkibida Vialli futbolchi sifatida 1990 yilgi jahon chempionati, shuningdek, Evro-88 da bronza medali sohibi bo‘ldi.
Fikrlar