"Chelsi" Xavi Simons uchun muzokaralarda oldinga siljidi

  • 26 iyul, 15:27
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"RB Leyptsig" yarim himoyachisi Xavi Simonsning transferi bo‘yicha "Chelsi" klubi bilan muzokaralar ijobiy tarzda davom etmoqda. Bu haqda transfer masalalari bo‘yicha ishonchli manba – Fabritsio Romano o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.

Tecno

Jurnalistning ma’lumotlariga ko‘ra, klublar o‘rtasidagi muzokaralar yaxshi yo‘nalishda ketmoqda. Oldinda yana ko‘p ishlar bor, ammo jarayon to‘g‘ri tomonga qarab rivojlanmoqda.

Shuningdek, Xavini "aristokratlar"ning sport loyihasi qiziqtirayotgani qayd etilgan. London klubi va 22 yoshli niderlandiyalik futbolchi o‘rtasidagi shaxsiy shartlar bo‘yicha ham ma’lum siljish kuzatilmoqda.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Simonsning transfer qiymatini 70 million evro deb baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!