“Chelsi” yana bir hujumchidan qutildi
Tarkibni ortiqcha futbolchilardan tozalash va maosh fondini pasaytirish borasida ish olib borayotgan “Chelsi” asosiy tarkibga kirishi qiyin bo‘lganTemmi Abraxamni “Roma”ga transfer qilayotgani haqida xabar bergan edik.
Londonliklar yana bir hujumchisiga javob berib yubordi. “Aristokratlar” braziliyalik Kenedining ijara asosida “Flamengo”ga o‘tishiga rozilik berdi. Shuningdek, “Flamengo” bu futbolchini mavsum oxirida 10 million evroga to‘liq sotib olish huquqini ham qo‘lga kiritdi.
Kelishuvga ko‘ra, Braziliya jamoasi iste’dodli hujumchining maoshini 100 foiz o‘zi to‘laydigan bo‘ldi.



Fikrlar