
"Chelsi" yarim himoyachisi "Yuventus"ning "radariga tushdi"
"Yuventus" Denis Zakariyani Mateo Kovachichga almashtirishga tayyor. "Calciomercatoweb" nashri xabariga ko‘ra, agar londonliklar Denis evaziga Kovachichni berishga rozi bo‘lsa, Turin klubi Zakariyani "Chelsi"ga doimiy ravishda berishga tayyor.
Zakariya ayni damda "aristokratlar" jamoasida ijara asosida o‘ynamoqda. "Pensionerlar" safida yarim himoyachi 7 ta o‘yin o‘tkazdi va bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Kovachichning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar