"Chelsi"ga "Barsa" yulduzi kerak

  • 21.01.2026 17:09
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi "Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopesni oʻz safiga qoʻshib olish harakatlarini davom ettirmoqda.

Jurnalist Ben Jeykobsnig yozishicha, "Chelsi" bir necha pozitsiyada harakat qila oladigan kreativ yarim himoyachi sotib olmoqchi va Fermin bu taʼrifga juda mos keladi.

Lopes "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bu mavsumda 22 yoshli xavbek barcha musobaqalarni qoʻshib hisoblaganda 23 ta oʻyinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Lopesning "Barselona" bilan shartnomasi faqat 2029 yilda tugaydi. Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, ispaniyalikning bozor narxi 70 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!