"Chelsi"ni yana bir yarim himoyachi tark etishga qin turibdi
"Chelsi" yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chik "Milan"ga o‘tishga yaqin turibdi. Futbolchining o‘zi bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishib olingan. Ayni dam tomonlar muzokaralarni yakunlash arafasida. Mazkur transfer milanliklarga 20 million evroga tushadi.
"Milan" rahbariyati o‘zgarganidan keyin Loftus-Chikning "Milan"ga o‘tish ehtimoli pasaygandi. Ammo yangi rahbariyat ham uni olib kelishga harakat qildi.
Eslatib o‘tamiz, Ruben "aristokratlar" akademiyasidan chiqqan bo‘lib, 2015 yilda asosiy jamoa safiga o‘tgan. U 8 yillik faoliyatidan keyin "Chelsi"ni tark etmoqda.
Fikrlar