
“Chelsi”ning eng zaif uch nuqtasi aytildi
“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Gari Nevill “Chelsi” mutsaddilari yozgi transferlar vaqtida e’tibor qaratishi kerak bo‘lgan pozitsiyalar borligini aytdi.
- “Chelsi” tarkibi haqidagi savollarga javob berishda ular kelasi mavsumgacha uch nafar futbolchi sotib olishi zarurligini aytishim maqsadga muvofiq.
Jamoaga yaxshi hujumchi, darvozabon va klubni tark etayotgan Tyago Silva o‘rniga markaziy himoyachi kerak. Ular mana shu uch nuqtani kuchaytirishi lozim.
Bundan tashqari, “aristokratlar” ertami, kechmi jarohatlarga moyil bo‘lgan Ris Jeyms va Ben Chiluellni ham yo‘qotadi. Biroq ularda bu yo‘qotishlar o‘rnini ichki imkoniyatlar evaziga hal qilish imkoni bor.
Bu ishni Malo Gyusto va Mark Kukurelya kabi o‘yinchilar rotatsiyasi hisobiga uddalash mumkin, - dedi Gari Nevill.
Fikrlar