Chempion jamoa o‘z yulduzini sotib yuboradi

  • 13.06.2026 10:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyaning L'Équipe nashri xabar berishicha, hujumchi Bredli Barkola yozda Parij klubini tark etishi mumkin.

“Pari Sen-Jermen” rahbariyati 23 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokara olib borgan, ammo 2025-2026 mavsumi oxirida bu jarayon to‘xtatilgan.

Tomonlar yangi kelishuv bo‘yicha bir qarorga kela olmagan.

Shuning uchun Parij klubi futbolchini ushlab qolish uchun qattiq harakat qilmaydi va yaxshi taklif kelsa, uni qo‘yib yuborishga tayyor.

Bredli Barkolaga Angliyaning ikki grandi —“Arsenal” va “Liverpul”jiddiy qiziqish bildirmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!