Chempionat boshidayoq o'n nafar murabbiy ishdan haydaldi

  • 10.04.2026 06:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliya chempionatida mavsum boshlanganidan keyin dastlabki 10 ta turda 10 nafar bosh murabbiy ishdan bo‘shatildi.

2026 yildgi mavsum 28 yanvarda boshlangan va hozirga qadar endigina 10 tur o‘tkazildi. Shu vaqt ichida 20 jamoadan 10 tasi o‘z bosh murabbiyin almashtirgan.

Ishdan bo‘shatilganlar orasida «Korintians», «Shapekoense», «Botafogo», «Santos», «Kruzeiro», «San-Paulu», «Flamengo», «Remo», «Vasko da Gama» va «Atletiko Mineyro» jamoalari murabbiylari bor.

Bu qarorlar natijasida Xorxe Sampaoli va Tite kabi mashhur mutaxassislar, shuningdek sobiq futbolchilar Filipe Luis va Ernan Krespo ishsiz qoldi.

10 turdan so‘ng turnir jadvalid 25 ochko to‘plagan «Palmeyras» peshqadam bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!