
Chempionlar ligasi chorak finaliga chiqqan 6 ta klub nomi aniq bo‘ldi. Bugun so‘nggi 2 ta ishtirokchi kim bo‘lishini bilib olamiz!
UEFA Chempionlar ligasining chorak finaliga yo‘l olgan 6 ta jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.
Bular: “Bavariya” (Germaniya), “Chelsi”, “Manchester Siti” (ikkalasi - Angliya), “Inter”, “Milan” (ikkalasi - Italiya), “Benfika” (Portugaliya).
Bugun “Napoli” - “Ayntraxt” (birinchi o‘yin - 2:0) va “Real” - “Liverpul” (birinchi o‘yin - 5:2) juftliklari bahsidan so‘ng, chorak finalga chiqqan so‘nggi 2 ta klub nomi ham aniq bo‘ladi.
Eslatib o‘taziz, ushbu o‘yinlar bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Fikrlar