
Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi goli aniqlandi
Evropa Chempionlar ligasida 1/2 finalning dastlabki o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Ularda to‘rtta gol kiritildi - "Real" va "Manchester Siti" durang (1:1), "Inter" esa "Milan"ni mag‘lub etdi (2:0).
UEFA rasmiy saytining ma’lum qilishicha, yarim himoyachi Kevin de Bryuynening "Real" darvozasiga urgan goli eng yaxshi deb topildi.
Belgiyalik futbolchi jarima maydoni tashqarisidan "pushka" yo‘llab, Kurtua darvozasini ishg‘ol qildi.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasi kubogining amaldagi egasi "Real" Madrid hisoblanadi.
Fikrlar