Chempionlar ligasini kim yutadi?

  • 26 aprel, 2022, 14:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Chempionlar ligasining bu mavsumi ham tobora poyoniga etib bormoqda. Yarim final uchrashuvlaridan oldin esa biz musobaqaning bo‘lajak g‘olibi qaysi jamoa bo‘lishi mumkinligi borasida so‘z yuritamiz.

Tecno

"Liverpul" - "Vilyarreal"

Bu juftlikda favorit aniq. "Liverpul"ning Chempionlar ligasi finaliga chiqishiga ko‘pchilik shubha qilmaydi. Vaholanki, futbolda sensatsiyalar uchun doim joy bor. “Vilyarreal” ko‘hna qit’aning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli turnirida “Yuventus” va “Bavariya” kabi grand klublarni dog‘da qoldirib, ikki yirik sensatsiya yaratib ulgurdi. Unai Emeri shogirdlari Angliyaning top-klubi bilan bo‘ladigan o‘yinlarda yana aqlbovarqilmaydigan natija qayd etib, Evropa futbolini lol qoldirishga urunib ko‘rishi aniq.

live_1

vil_1

Agar taxmin qiladigan bo‘lsak, bu qarama-qarshilik g‘olibi sifatida baribir “Liverpul”ni ko‘ramiz. Yurgen Klopp jamoasi raqibni mensimasdan harakat qilmaydi va albatta o‘z maqsadiga erishadi. Biroq, shunisi aniqki, bu “sariq suv osti kemasi”ga qarshi o‘yinlar mersisaydliklar uchun oson kechmaydi.

“Manchester Siti” – “Real”

Agar o‘yin sifati haqida gapiradigan bo‘lsak, "Real" o‘zining eng yorqin mavsumini o‘tkazmayapti. Ammo Karlo Anchelotti jamoasi La Ligada chempionlik masalasini deyarli  hal qilib qo‘ydi. Bundan tashqari, “qirollik klubi” PSJ va “Chelsi” kabi jamoalarni engib, Chempionlar ligasi yarim finalida ishtirok etmoqda. Umuman olganda, Chempionlar ligasi har doim "Real" uchun o‘zgacha turnir bo‘lib kelgan. Madridliklar turnirda 13 marta g‘alaba qozongan va bu borada yaqqol rekordchi hisoblanadi.

2_2

benz

Biroq aksariyat futbol tahlilchilari ushbu yarim final juftligida “Manchester Siti”ning imkoniyatini yuqori baholamoqda. Bizningcha ham Xosep Gvardiola shogirdlari bu duelda g‘olib chiqadi va biz ketma-ket ikkinchi mavsum EChLda inglizcha final ko‘ramiz. Bu safar Karim Benzemaning gollari ham “Real”ni qutqara olmasa kerak.

Chempionlar ligasini kim yutadi?

Futbol olamida bashorat qilish nomaqbul ish, ammo baribir biz ketma-ket ikkinchi mavsum Chempionlar ligasida inglizcha finalni ko‘rishimiz haqiqatga yaqin kelmoqda. Ammo “Liverpul” va “Manchester Siti” o‘rtasidagi ehtimoliy finalda favoritni aniqlashning deyarli imkoni yo‘q. Final o‘yinlari taqdirini ko‘pincha mayda detallar hal qiladi.

gvar_1

Biroq mantiqan o‘ylab qarasak, u holda “Manchester Siti”ning g‘alabasini taxmin qilishimiz mumkin. Boisi, ushbu jamoaning muxlislari va rahbariyati uzoq vaqtdan buyon klub muzeyida Chempionlar ligasi kubogini kutishmoqda. Bu klubga kiritilgan va kiritilishi davom etayotgan katta sarmoyalarni hisobga olsak, bu tabiiy hol. Bir yil avval “Manchester Siti” finalda “Chelsi”ga yutqazib, muvaffaqiyatga bir qadam qolganda to‘xtagan edi. Xosep Gvardiola jamoasi endi bu so‘nggi qadamni qo‘yishga tayyor degan fikr bor. Amalda qanday bo‘ladi, biz buni tez orada ko‘ramiz.

Eslatib o‘tamiz, UEFA Chempionlar ligasining final uchrashuvi 28 may kuni Parijdagi “Stad de Frans” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!