Chempionlikka da’vogar raqibdan ochko tortib olgan "Roma" futbolchilarining o‘yini qanday baholandi? (foto)

  • 19 aprel, 2022, 05:37
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasi 33-turining markaziy to‘qnashuvida chempionlik uchun kurash olib borayotgan "Napoli" o‘z maydonida "Roma"ni qabul qildi.

Teng kurashlar ostida kechgan bellashuvda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Mezbonlar tarkibida Lorentso Insine penaltidan gol urgan bo‘lsa, rimliklarning javobiga zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Stefan El-Shaaravi mualliflik qildi. 

Statistika bilan shug‘ullanuvchi "WhoScored" portali ushbu qarama-qarshilik uchun futbolchilarga qo‘yilgan ballarni taqdim etdi. Unga ko‘ra, neapolliklar posboni Aleks Meret eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun, legionerimiz Eldor Shomurodov bu bahsni to‘liq zaxira o‘rindig‘ida kuzatishga majbur bo‘ldi.

image_2022-04-19_05-27-09

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!