Chempionlikni nishonlagan Arveladze raqib jamoaga rahmat aytdi
Superliga 25-turidan o‘ri olgan "Lokomotiv" - "Paxtakor" (0:1) bellashuvdan keyin Shota Arveladze bahs to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdi.
"O‘yinda har ikki jamoa hujumkor futbol namoyish qilib, muxlislarni chiroyli o‘yin bilan xursand etdi deb o‘ylayman. Yaxshi bahs uchun raqib va jamoa murabbiylariga rahmat aytaman. Ular bilan to‘qnashuvlar keskin kechadi. Bunday raqiblar bilan o‘ynash yoqimli.
Chempionlikni ajoyib nishonladik. Ushbu tadbirni tashkil etishda mehnat qilgan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Chempionlik yo‘lida va bunday bayramni uyushtirishda ko‘pchilik ishlab kelmoqda. Ularning munosib xizmatini e’tirof etaman".



Fikrlar