Chirchiqda o‘zbek jang san’ati bo‘yicha mamlakat kubogi bellashuvlari o‘tkazildi

CHERY AUTO

Joriy yilning 22-24 avgust kunlari Chirchiq shahridagi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida milliy sport turimiz bo‘lgan O‘zbek jang san’ati bo‘yicha o‘smirlar,  yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 

Tecno

Sport vazirligi hamda O‘zbek jang san’ati federatsiyasining yillik taqvim-rejasidagi mazkur mamlakat kubogi bahslarida Toshkent shahri,  Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlardan 900 nafarga yaqin ishtirokchilar "Kompleks mashq", "Temuriylar jang ususli",  "Jamoaviy ko‘rgazmali chiqish" va "Assalom tong" yo‘nalishlari bo‘yicha kuch sinashishdi.

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, bellashuvlarning  birinchi kuni dastlab tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Yuqori saviyadagi ochilish marosimida bir guruh sport jonkuyarlariga O‘zbek jang san’ati federatsiyasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi. Shundan so‘ng, o‘zbek jang san’ati ustalarining  ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi. 

Ikki kun davom etgan  "Kompleks mashq", "Temuriylar jang usuli", "Jamoaviy ko‘rgazmali chiqish" va  "Assalom, tong  yo‘nalishlar bo‘yicha jamoalar bor mahoratlarini namoyish etishdi. Anvar Nuraliev boshchiligidagi bir guruh hakamlar esa sportchilarning chiqishlarini baholab borishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra qo‘ydagi jamoalar kuchli uchlikdan joy olishga muvaffaq bo‘lishdi. 

Yoshlar o‘rtasida umumjamoa hisobida: 
1. Andijon viloyati
2. Buxoro viloyati 
3. Toshkent shahri 

O‘smirlar o‘rtasida umumjamoa hisobida: 
1. Toshkent viloyati 
2. Namangan viloyati 
3. Farg‘ona viloyati 

Kattalar o‘rtasida umumjamoa hisobida: 
1. Toshkent shahri 
2. Jizzax viloyati 
3. Sirdaryo viloyati 

Ta’kidlash joiz,  O‘zbek jang san’ati sport turi navbatdagi BRIKS o‘yinlari dasturidan rasman joy oldi va mazkur O‘zbekiston kubogi musobaqasi BRIKS o‘yinlariga saralash vazifasini o‘tab berishi bilan ham ahamiyatlidir.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!