Coca Cola Superliga. Bugun 20-turga yakun yasaladi
Bugun Coca Cola Superligasida 20-turga yakun yasaladi. Turni “Surxon” – “Paxtakor” hamda “So‘g‘diyona” – “Navbahor” jamoalari bahsi yakunlab beradi.
Termizdagi bellashuv soat 15:30 da, Jizzaxdagi o‘yin 17:30 da boshlanadi.
“Paxtakor” ayni damda musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Surxon” 13-o‘rinda, “So‘g‘diyona” 8-o‘rinda va “Navbahor” 9-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar