
Coca Cola Superliga. Bugun 21-turga yakun yasaladi
Bugun Coca Cola Superligasining 21-turiga yakun yasaladi. Turning so‘nggi bellashuvi “Buxoro” hamda “So‘g‘diyona” jamoalari o‘rtasida kechadi.
Muborakdagi “Bahrom Vafoev” nomli stadionda kechadigan o‘yin soat 15:00 da boshlanadi.
“Buxoro” ayni damda musobaqa jadvalida so‘nggi pog‘onani egallab turibdi, “So‘g‘diyona” esa 7-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar