Dahshatli o'tgan "MANGU 05" turniri yakunlandi
Hozirgina "MANGU 05" turniri yakunlandi. Quyida ushbu oqshomda qayd etilgan barcha natijalar bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin.
Prelim kard
Ramazan Amangeldi qonli kechgan jangda Husniddin Sattarovni hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub etdi;
Sayyod Rustamov ochkolar bo‘yicha Aidar Jamalov ustidan g‘alaba qozondi;
Parviz Berberugly 1 raundda Shahriyor Mamatqulovni sabmishn evaziga taslim etdi;
Erganat Sagatbek 1 raundda Munis Mo‘mminjonovni bo‘gib qo‘ydi;
Sarvarbek Khasanov 1 raundda Abdurasil Ablayni texnik nokautga uchratdi;
Behruz Isroilov ochkolar evaziga Kai Yoshidadan ustun keldi;
Suhrob Mirzavaliev 2 raundda Elnar Ibragimovni texnik nokautga uchratdi;
Xolmurod Nurmatov va Lazizxon O‘zbekov bellashuvida durang qayd etildi (grappling bahsi);
Amirxon Alixojaev hakamlarning yakdil qarori bilan Sharif Iskandarov ustidan zafar quchdi;
Boburjon Tagaev 29-27 hisob bilan Juma Sumandan ustun keldi (muaytay bahsi);
Asosiy kard
Kamal Guseynov 1 raunddayoq O‘rozbek Maripovni sabmishn evaziga mag‘lub etdi;
Mavlud Tifiev 1 raundda Jun Yinni texnik nokautga uchratdi;
Shukurjon Abdurahimov 1 raunddayoq Ilya Kireevni nokautga qildi;
Muhiddin Mamajonov hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Magomed Salievni yengdi;
Kanibek Janibek Uulu 1 raundda Ernar Alimbekovni nokautga qilib, ALASH PRIDE chempioniga aylandi;
Ramazan Gairbekov 3 raundda Futqatbek Yoqubovni texnik nokautga uchratdi va super engil vaznda MANGU tarixidagi ilk chempion bo‘ldi.

Fikrlar