Daltonik hakam, quruqlikdagi dengizchi va oyog‘i uzun bo‘lib ketgan yigit. Superliga ikkinchi turida kimlar “qovun tushirdi”?

  • 14 mart, 2023, 10:05
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Norboy Muallim Superligada qovun tushirganlarni "pushka"ga olishda davom etadi. Xo‘sh, bu safar kimlar bizning nishonimizda? Bu safargi "TOP-5" avvalgisidan ancha voqealarga boy o‘tdi!

Tecno

Martin Boake – quruqlikdagi dengizchi

martin

2-turni yakunlab bergan bahs tomoshaboplik borasida uncha-muncha trillerga “dam” beradigan darajada o‘tdi. Ikkita kichik kambek, yakunda hal qilingan gol. Avvaliga inobatga olinmagan, so‘ng VAR hisoblagan gol. Shunchaki dahshatli stsenariy ostida kechgan o‘yinda OKMKga bir yigit biroz pand berib qo‘ydi. U ham bo‘lsa, Martin Boake! Qanday qilib? Uning nima aybi bor? Italiyalik forvard jamoa birinchi bo‘limni juda sust o‘tkazishiga asosiy sababchi. Mirjalol Qosimov raqib chuqur himoyalanayotgani bois markaz orqali yorib kirishga urindi. Shu sabab birinchi bo‘lim davomida Martin Boake va Ruben Sancheslar o‘ziga hos hujum va markaz o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini bajarib berishi kutilgan edi. Bilmadim, Boake o‘sha kuni uyidagi dazmolni o‘chirmay chiqqan chog‘i, birorta epizodda jamoasi uchun to‘pni saqlab qolishni uddalay olgani yo‘q. Pressingda ham faol bo‘lmadi. Sodda qilib aytganda, Martin maydonda o‘zini yarim professional futbolchilardek tutdi. Kiyinish xonasida Mirjalol Qosimovni yaxshigina “duo”sini olgan chog‘i, 46-daqiqadan boshlab o‘rnini Siyavush Haqnazari egalladi. To‘g‘ri, “Bunyodkor” bilan bahsda uni mag‘lubiyatga sababchi qilib ko‘rsatmoqchi emasman, biroq 2-turdagi futbolchilarning bo‘yidan baland sakragani fonida Martin jamoasini biroz uyaltirib qo‘ygani haqiqat.

Cheran – nishonga tekkizmagan snayper

Cheran1 urolmagan

So‘nggi yillarda "Paxtakor"ning "kozer qartasi"ga aylanib qolgan serb bu ro‘yxatda paydo bo‘lishini hech kim taxmin qilmagani aniq. "Neftchi"ga qarshi o‘yinda "Paxtakor" taktik va strategik tomondan o‘yinni boy berdi. Levchenko Maksim Shatskihdan doim bir qadam oldinda bo‘ldi. Aynan shu ustunlikni "sherlar" ijrochilar darajasi evaziga yo‘qqa chiqarishi, vaziyatni o‘nglashi lozim edi. Aynan Dragan katta sahnaga chiqishi taxmin qilingan o‘yinda bolqonlik futbolchi faoliyatidagi eng katta "feyl"lardan birini amalga oshirdi. U 3-4 metrdan deyarli bo‘sh qolgan darvozaga aniq zarba yo‘llay olmadi.

cheran2 urolmagan
O‘sha paytda hisob 1:0 bo‘lib turgani bois bu gol nafaqat tablodagi hisobga, balki maydondagi futbolchilarning ruhiy xolatiga ham ta’sir qilishi, yakunda omadsiz o‘yinni 3 ochkoga aylantirishi hech gap emas edi. Jamoa sardori va bir necha yillik etakchisi matchdagi eng muhim epizodni o‘z foydasiga hal eta olgani yo‘q. Buyog‘iga "Neftchi" tishlagan joyini uzib oldi. Aslida, birgina vaziyat uchun Norboy Muallim hammani "TOP-5"likka taklif etavermaydi. Farg‘onadagi bahsda "yo‘lbarslar" 3 markaziy himoyachi bilan harakat qildi. Cheranga qiyin bo‘lgani rost, ammo tashqaridan qaraganda u taqdirga tan bergandek ko‘rindi. Na pressingda, na ortga qaytib vaziyat yaratishda va na keskin uzatmalarda undan faollik ko‘rganimiz yo‘q. "Paxtakor"ning Superliga tarixidagi eng omadsiz startini 50 foizini bemalol Dragan akani bo‘yniga yuklavorsak, bo‘ladi. Axir bizda omadsizlik uchun aybdor izlash doim trendda bo‘lgan!

Jasur Jaloliddinov – oyog‘i uzun yigit

p34opsh34p

Bu yigitcha O‘zbekistonda keragidan ortiq qolib ketgani rost. RPL va QPLlarni ko‘rib kelgach ancha dadillashgan yigit, Osiyo kubogidagi furordan keyin hech ham Superligada o‘ynagisi kelmay qoldi, chog‘i. Qisman uni tushunish mumkin. Jasur taniqli "The Guardian" nashri tomonidan sayyoramizning eng kuchlilari qatorida e’tirof etilgan vunderkind edi. Afsuski, yillar o‘tmoqda. Futbol rivojlanyapti, ammo Jaloliddinov hali-hamon kelajagi porloq yosh futbolchi maqomida yuribdi.Bu mavsumda "Olimpik" chap yoni bilan uyg‘ongandek. Yigitlar akalarini xafa qilmaslik uchun emas, chempion bo‘lish uchun "jang" qilishni boshlab yuborgan. Bilasiz, ambitsiyalar kattalashsa, harorat ko‘tariladi, temp oshadi. Kapadze birinchi o‘yinda aynan shu maqsadda shogirdlari bilan Superliga startini o‘tkazdi. "Paxtakor" dog‘da qoldirildi. Ikkinchi o‘yinda ham barchasi reja asosida borayotgan edi. Tezkor gol, maydonda dominantlik, ruhiy ustunlik va boshqa omillar. Keyin nima bo‘ldi? Topdingiz, erkatoy Jaloliddinov yo‘q joyda qizil olib, sheriklariga pand berdi.

Deyarli tugab bo‘lgan epizodda Hislat Xalilovning oyog‘iga tepishni nima keragi bor edi? Xo‘p, bu qizilga tortishi yoki tortmasligi boshqa masala. Aynan shu epizodda o‘z egosini engib, boshqa yigitlarni mehnatini hurmat qilish kerakmasmidi? Bilmadim, Jasur engilgina tepib, humoridan chiqishni afzal ko‘rdi. Bahs yakunlanganidan so‘ng Timur Kapadze Jasur sababli jamoa 3 ochkodan ayrilganini alam bilan so‘zladi. Hozircha Jasurning Superligadagi statistikasi 2 o‘yin, 0 gol, 0 assist va -2 ochko.

Asker Najafaliev – Shoshqaloq 

Asker213

"Navbahor" va "Metallurg" bahsida ishlagan hakam Asker Najafaliev ikkinchi pog‘onadan joy oldi. To‘g‘ri, referi bir qarashda o‘yinni yomon boshqargani yo‘q, ammo bahs yakunlanganidan keyin ko‘plab faktorlar yuzaga chiqib keldi. Ibrohim Ibragimovga ko‘rsatilgan qizil, erta chalingan hushtak (natijada, "Metallurg"ning goli inobatga olinmadi) va boshqa kichik detallar sababli Asker bu ro‘yxatdan o‘rin egalladi. Aslida, hakamlarni har turda yodga olishni biz istamaymiz. Sababi, futboldagi bu omil yuzaga chiqishi boshqa eng muhim narsalarni berkitib ketadi. Shunga qaramay, hakamlarimiz bu yil ham trendda bo‘lmoqchi, chog‘i. Har holda, harakatni ancha erta boshlab yuborishgan.

Ha, aytgancha, Asker inobatga olinmagan gol uchun "Metallurg" ustozidan o‘yindan so‘ng uzr so‘rab qo‘yishga ham ulgurgan. Yashavor, azamat!

Rahimbek Karimov - daltoniklik yuqumli emasmi? 

Karimov

Nega Rahimbek Askerdan yuqoriroq o‘rinni egalladi? Gap shundaki, Karimov o‘zi boshqargan o‘yinda istamagan holda (shunday deb umid qilamiz) bahs natijasiga ta’sir ko‘rsatib qo‘ydi. Namangandagi o‘yinda "Navbahor" baribir raqibdan kuchliroq ekanligi ko‘rinib turgan edi, ammo "Surxon" - "Andijon" o‘yini teng kurashlar ostida o‘tayotgan edi.

Ofsayd

Ha aytgancha, u boshqargan bahsda xatoning katta qismini VARdagi akaxonlar (Aziz Asimov, Alisher Usmonov) bo‘yniga olishi mumkin. Ofsaydni aniqlashtiruvchi chiziq aynan ular tomonidan noto‘g‘ri chizilgani keyinroq ma’lum bo‘ldi. VARdagilar rangni ajrata olmay qolgani bois bir kishi kam bo‘la turib hisobni ochgan jamoa yaxshigina ruhiy va strategik zarba edi. Superliga boshlanganiga endi ikki tur bo‘lishiga qaramay, hakamlar reytingda birinchi o‘rin uchun kurashni boshlab yuborishdi. Pochin bor!

Norboy Muallim

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Khan
14/03/2023 14:35
Хакамлар бизнинг футболда пешка буйрукка бой сунади Ким ютиш керак боса ошани юттиради.
бошка жойларда улар адолатли ойин га тасир килмайдиган болади.
&
хушнудбек
14/03/2023 13:10
Бундай савяси пас судя ва вардогларни батамон йукотиш керак качонгача кечирлади бундай хотолар чакна мехнат килганмди андижон футболчлари факат фудболчларни рухятни синдради холос бундай расво судялар ва жаноб вардоглар ким караеди бундай ишга ким масуляни буйнига олди энди 1 гина хатони деб 3 ачко йукатилди масулар борми йукотиш керак уткаелги хатоларт хам бор эди бу судяни
Жабборов Ахмаджон
14/03/2023 12:50
Асимовга аллақачон дам бериш керак эди. Ўтган сезондаги ҳатолари етиб ортарди.