Dana Uayt 2 ta super jangni e’lon qildi!

  • 23.07.2025 09:00
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

4 oktyabr kuni AQShning Las-Vegas shahrida "UFC 320" turniri bo‘lib o‘tadi.

Promoushen rahbari Dana Uayt ushbu oqshomning ikki asosiy jangini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, "co-main event" to‘qnashuvida o‘ta engil vaznda UFC chempioni Merab Dvalishvili (20-4) amerikalik Kori Sendxagen(18-5)ga qarshi oktagonga ko‘tarilsa, markaziy jangda og‘ir vaznda promoushenning amaldagi chempioni Magomed Ankalaev (20-1-1-1 N/C) braziliyalik Aleks Perreyra (12-3) bilan revansh o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, Ankalaev "UFC 313" turnirida Perreyrani hakamlarning qaroriga ko‘ra mag‘lub etib, chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!