Dana Uayt: "Jon Jonsning Oq uydagi turnirda jang qilish ehtimoli — milliarddan birga teng"

  • 9 sentabr, 22:43
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC prezidenti Dana Uayt MMA afsonasi Jon Jonsning Oq Uyda bo‘lib o‘tadigan tarixiy turnirda jang qilish ehtimolini keskin rad etdi.

Tecno

Turnirga hali kamida to‘qqiz oy vaqt bor, biroq tayyorgarlik allaqachon boshlangan. Gap - logistika, texnik jihatlar va boshqa masalalar ustida ish ketmoqda. Bir necha jangchilar prezident qarorgohi maysazorida jang qilish istagini bildirishmoqda. Merab Dvalishvili – "hozircha yagona amerikalik (gruziyalik) erkak UFC chempioni" sifatida markaziy bahsda ishtirok etishi kerakligini aytmoqda. Konor Makgregor allaqachon jarayonga qo‘shilgan. Shundan so‘ng Jon Jons esa doping nazorati tizimiga qaytib, qatnashishga tayyorligini bildirdi.

Biroq Dana Uayt bu masalaga keskin izoh berdi.

"Men Konorga ishonaman. U hech qachon aldamagan, faqat jarohat olganida jang qoldirgan. Jons-chi? Men undan shubhalanyapman. U ham doping testlariga qaytdi, lekin biz hali Jon bilan jang bo‘yicha gaplashmadik. Agar u bilan nimadir yuz bersa, turnir xavf ostida qolishi mumkin. Shu bois bunday tavakkal qila olmaymiz. Menimcha, Jon Jonsning Oq uydagi turnirda jang qilish ehtimoli — milliarddan birga teng", — dedi UFC rahbari.

E’tiborlisi shundaki, Dana Uayt bu orqali Jon Jonsni Konordan ham past qo‘ydi — so‘nggi yillarda janglardan ko‘ra barlarda mushtlashish va shov-shuvli kechalarda ishtirok etishi bilan tilga tushgan Makgregorga nisbatan ham Jonsning "ishonch krediti"ni yo‘qotgani ochiq-oydin ko‘rinib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!