Dana Uayt: “U bunga loyiq edi"
Mashhur braziliyalik MMA faxriysi Vanderley Silva UFC shon-shuhrat zaliga kiritiladi. Bu haqida promoushen rahbari Dana Uayt ma’lum qildi.
“U bunga loyiq edi. Lorenzo Fertitta va men ushbu sport turiga kelganimizda, biz Vanderley Silvaning ashaddiy muxlislari edik. U sport uchun juda ko‘p ish qildi va UFC shon-shuhrat zaliga kirishga loyiqligi isbotladi”, — dedi mutaxassis "UFC 298" turniridan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Silvaning o‘zi bu yangilik u uchun haqiqiy syurpriz bo‘lganini aytdi.
"Buni tasavvur ham qilolmasdim. Bu juda katta syurpriz bo‘ldi. Men o‘zimni baxtli his qilyapman", – dedi braziliyalik jangchi intervyusida.
Fikrlar