
Daniel Dyubua: "Joshuaga hurmat kerak bo‘lsa, shifokor yoki advokat bo‘lsin"
Og‘ir vazn toifasi vakili Daniel Dyubua jangi 21 sentyabr kuni Londonda (Buyuk Britaniya) bo‘lib o‘tadigan Entoni Joshua bilan to‘qnashuv haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Men Joshuadan nafratlanyapmanmi? Yo‘q, bu xato. Biz boksdamiz. Ringda hurmat uchun joy bormi? Biz ringda kurashamiz. Agar Entoni hurmatni juda xohlasa, shifokor yoki advokat bo‘lgani yaxshi", - dedi Dyubua Queensberry Promotions nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Joshua(28-3, 25 KO) Dyubua(21-2, 20 KO)ni hurmatsizlikda ayblagan edi.
Fikrlar