
Daniel Dyubuaning keyingi raqibi kim?
Taniqli promouter Frenk Uorren Daniel Dyubuaning ikki potentsial raqibini kimligini aytdi.
"Dyubuaning keyingi jangi, ehtimol, Aleksandr Usik bilan barcha chempionlik kamarlari uchun kechar. Shuningdek, Entoni Joshuaga qarshi revansh varianti ham bor. Kelasi haftagacha vaziyat yanada oydinlashadi. Jamoamiz barcha mavjud imkoniyatlarni ko‘rib chiqib, tez orada yakuniy qarorga keladi" - dedi promouter.
Eslatib o‘tamiz, Daniel oxirgi jangida Entoni Joshuani 5-raundda nokaut qilgan edi.
Fikrlar