Daniel Korme: "Jeyk Pol bokschi emas, deyishni to‘xtating!"

  • 20.11.2025 17:55
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

UFC shon-sharaf zali a’zosi Daniel Korme bokschi-bloger Jeyk Pol haqida gapirdi.

"Men odamlarga qayta-qayta aytyapman, ayniqsa MMA jangchilariga - Pol bokschi emas, deyishni to‘xtating! U besh yildan beri mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Shuningdek, Jeykning ajoyib murabbiylari va sparring sheriklari bor. Sport formasi ham ancha yaxshi", - dedi Korme Logan Polga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 20 dekabr kuni Mayamida (AQSh) Pol og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi ringga ko‘tariladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!