Daniyalik himoyachi Lamin Yamalni atayin “sindirmoqchi” bo‘lganini tan oldi

  • 13 oktabr, 2024, 18:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Millat ligasi doirasida Ispaniya terma jamoasi Daniya futbolchilarini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Biroq bu uchrashuvda “Barselona”dan terma jamoaga chaqirtirilgan Lamin Yamal shikastlandi.

Tecno

Unga nisbatan raqib futbolchilari juda qo‘pol o‘ynadi.

Daniya terma jamoasi himoyachisi Viktor Kristiansen ispaniyalik hujumkor futbolchiga qarshi atayin tajovuzkor o‘ynaganini tan oldi.

- Agar yaxshi o‘yin ko‘rsatish imkoni yuzaga kelsa va u kimgadir “ziyon etkazish” evaziga bo‘lsa, bunaqa vaziyatdan foydalanib qolish kerak, - dedi Viktor Kristiansen.

Daniya terma jamoasining bu himoyachisi uchrashuvning boshidanoq 17 yoshli Lamin Yamalni ayamay, unga nisbatan juda keskin o‘ynadi. O‘yin oxiriga borib, Ispaniya terma jamoasi murabbiylari oqsoqlanib qolgan futbolchini zaxiraga olishga majbur bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!