
David Goffin kurashdan chiqdi
Belgiyalik tennischi David Goffin Metts shahrida o‘tayotgan xalqaro turnirning ikkinchi davrasida omadsizlikka uchradi.
David ushbu bosqichda ispaniyalik Pablo Karreno-Bustaga qarshi kortga chiqib, kutilmaganda 3:6, 3:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Shu tariqa "Moselle Open" turnirining chorak finaliga yo‘l olgan Karreno-Busta, endi sloveniyalik Alyaj Beden va frantsiyalik Jil Simon ucharashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar