
Davron Fayziev: G‘alati xabar...
"Manchester Siti", "Real" va "Milan" kabi klublarda to‘p tepgan sobiq braziliyalik futbolchiga qamoq jazosi tayinlandi.
Italiya sudi zo‘rlash aybi bilan Robinoni 9 yilga ozodlikdan mahrum qildi. 37 yoshli sobiq hujumchi appelyatsiya berdi, biroq mazkur shikoyat rad etildi. Hukm qat’iy. Voqea 2013 yilda bo‘lib o‘tgandi.
Ushbu holatga taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida bu g‘alati xabar ekanligi, Robino bir paytlar bo‘lajak Pele sifatida qaralgani borasida fikr bildirdi.
- O‘tmishda Braziliya terma jamoasi, "Real Madrid", "Manchester Siti", "Milan" kabi klublarda ko‘plab yutuqlarga erishgan Robino esingizdadir. Unga Italiya sudi tomonidan 9 yillik qamoq jazosi belgilandi.
Hujumchi 2013 yili albaniyalik ayolni zo‘rlaganlikda aybdor, deb topildi. Hozirda Robino Braziliyada va Italiya tomon uning ekstraditsiyasini talab qilmoqda. Katta ehtimol bilan Braziliya buni amalga oshirmasligi kutilmoqda. U holda italiyaliklar jazo o‘sha erning o‘zida amalga oshirilishini so‘raydi.
Hammasi jiddiy. Bu jarayon anchadan beri davom etmoqda. Robinoning apellyatsiyalari rad qilingan. Uni bo‘lajak Pele deyishardi, natija esa… - deya fikr bildirdi Davron Fayziev.
Fikrlar