
Davron Fayziev "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiolani "Apple"ga o‘xshatdi
"Manchester Siti" Angliya chempionati 17-turida "Lids"ni 7:0 hisobida tor-mor etdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida "shaharliklar" ustozi Pep Gvardiolani mashhur brend "Apple"ga o‘xshatib, uni Peppl deb atadi.
- Texnikalar olamida maksimal benuqson, tormozlanmay ishlaydigan, viruslar ta’siri minimal bo‘lgan brend "Apple" ekanligi ma’lum. Ayfonchilar bilishadi, ana shu "Apple" yangidan-yangi, allambalo funktsiyalardan tiyilsa ham, telefon stabil ishlaydi. Sifat ustuvor.
Futbol olamida Pep Gvardiolaning jamoalari shunday o‘ynaydi. Yangi taktikayu, uslublarni o‘zlashtirmaydi. O‘z uslubidan kechmaydi. Unda sifat va barqarorlik bor. Formaga tushib olsa, deyarli tashqi omillar ta’sir qilmaydi. Hozir Pep o‘z jamoasini ana shunday formaga keltirdi va "Siti" benuqson ishlayapti. "Apple" texnikasi kabi. Yoki Peppl.
"Manchester Siti" tunda "Lids"ni 7:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, turnir jadvalida "Liverpul" bilan farqni 4 ochkoga etkazdi va APL etakchiligini saqlab qoldi. Gvardiola o‘ziga o‘rnak, deb bilgan murabbiy - Belsani yo‘q qilib tashladi. 7 golni 6 futbolchi urdi. Jamoaviy o‘yin, - dedi Gvardiola.
Fikrlar