Davron Fayziev O‘zbekiston terma jamoasining g‘alabasidan so‘ng nimalar dedi?

  • 15 dekabr, 2021, 20:07
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston futzal terma jamoasi ilk bor Qozog‘istonni mag‘lub etdi. Nur-sultonda tashkil etilgan o‘rtoqqlik bahsida vakillarimiz hisobda ortda borayotgandi, yakunda 4:6 hisobida zafar quchishdi. 

Tecno

Ushbu g‘alabadan so‘ng O‘FA matbuot xizmati rahbari va taniqli sharhloqvchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida futzalchilarimiz haqida fikr bildirdi.

- Qozog‘iston - O‘zbekiston 4:6. Dastlabki bo‘limda terma jamoamiz 0:3 yutqazayotgandi. Doimgidek iroda va kurash, natijada kambek. Gollardan birini darvozabon Ravshan Eliboev urganini e’tirof etish kerak.

Eslatib o‘taman, Qozog‘iston jahon chempionatida kuchli to‘rtlikka kirgandi. Qo‘shnilarimiz bilan qarama-qarshilikda birinchi g‘alaba. Tabriklayman, ajoyib jamoa, - dedi Davron Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!