
Davron Fayziev: "Real" PSJdan so‘ng oson 3 ochko uchun aylanib kelishi kutilgandi. Biroq...
La Liga 28-turida "Real" mehmonda"Malorka"ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Bellashuvdan keyin mashhur sharhlovchi Davron Fayziev bahs haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Malorka" sindirildi va sindirdi!
"Real" Madrid ChLda PSJ bilan o‘yindan keyin "Malorka"ga oson 3 ochko uchun aylanib kelishi kutilgandi. Biroq hisobga qaramay, unday bo‘lmadi. Anchelotti bilgan ekan. Minimum rotatsiya qildi. "Malorka" sindirishga o‘ynadi. 3 ta gol o‘tkazdi, biroq Madridning 3 ta futbolchisini jarohatladi. Mendi, Rodrigo va ikkita gol urgan Benzema… Uning jarohati bo‘yicha ma’lumot keyinroq chiqadi, o‘zi yaqinda tiklangandi. Oldinda esa "El-Clasico",-deya yozadi Davron Fayziev.
Fikrlar