
De Bryuyne uzoq muddatga safdan chiqqan. Gvardiola buni tasdiqladi!
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola futbolchi Kevin De Bryuynening jarohat olgani haqida gapirib o‘tdi.
"Kevin De Bryuynening jarohati rostan jiddiy. U bir necha oyga safdan chiqqan.
Biz kelayotgan kunlarda operatsiya borasida qaror chiqarishimiz kerak. Ammo shunisi aniqki, biz Kevindan ma’lum muddat foydalana olmaymiz!
Uning o‘rniga kimni olamiz? Ko‘ramiz. Rahbariyat bilan gaplashamiz va imkoniyatlarimizni chamalab chiqamiz. Hozircha transfer haqida aniq bir narsa deya olmayman!", - dedi ispaniyalik murabbiy.
Fikrlar