De Bur: Sen himoyachisan, jin ursin!

  • 22 aprel, 2024, 13:11
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" va "Ayaks" klubi sobiq futbolchisi Ronald De Bur "Real" - "Barselona" (3:2) bahsidan so‘ng portugaliyalik himoyachi Joau Kanseluni tanqid qildi. 

"Endi men Pep Gvardiola nima uchun Kanseluni yoqtirmaganini bildim. Joau o‘z futbolini o‘ynaydi va to‘p bilan nima qilayotganim muhim, deb hisoblaydi. Sen himoyachisan, jin ursin", - dedi niderlandiyalik yarim himoyachi. 

Qayd etish lozim, kecha "ko‘k-anorranglilar" Madrid klubiga boy berilgan bahsda Kanselu penaltiga sababchi bo‘ldi. Shuningdek, birinchi gol aynan u Lukas Vaskesni yopa olmagani uchun vujudga keldi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!