
De Yong jiddiy jarohat oldi
La Liganing 27-turidan o‘rin olgan "Atletik" - "Barselona" uchrashuvida kataloniyaliklar safida yana bir yo‘qotish. Bahsning 25-daqiqadasida Frenki de Yong ikkinchi qavat uchun kurash paytida erga noqulay yiqilib, oyog‘ini qayirib oldi.
Yarim himoyachini basklik muxlislar qarsaklar bilan kuzatib qo‘yishdi. Uning o‘rniga esa Fermin Lopes uchrashuvni davom ettiradigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, De Yong ushbu mavsum uchun 3-marta jarohat olmoqda. Futbolchining qanchaga safdan chiqqanligi tez orada ma’lum bo‘ladi.
Fikrlar