Debyutant chempion "Bavariya"ni qiynab qo'ydi

  • 13.09.2026 22:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniya chempionati uchinchi turidan o‘rin olgan «Elversberg» — «Bavariya» uchrashuvi yakunlandi. Qiyin kechgan bellashuvda Vensan Kompani shogirdlari 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

26-daqiqaga kelib, mehmonlar hisobni ochishdi. «Bavariya»ni oldinga olib chiqqan golni Lennart Karl urdi, unga hal qiluvchi pasni Harri Keyn yo‘lladi. 61-daqiqaga borib, «Elversberg» hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi — Moris Krattenmaher o‘z jamoasiga umid uyg‘otdi. Biroq ortidan o‘tgan to‘qqiz daqiqa ichida o‘yinning bosh qahramoniga aylangan Keyn yana bir bor o‘z mahoratni namoyish etib, myunxenliklarga g‘alaba olib kelgan golni urdi.

Ushbu natijadan so‘ng «Bavariya» jadvalda yetti ochko bilan to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. «Elversberg» esa musobaqadagi ilk ochkolarini yo‘qotdi va hozircha oltinchi pog‘onada joylashgan.

«Elversberg» — «Bavariya» — 1:2 (0:1).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!