Denis Istomin mavsumdagi ilk g‘alabasini nishonladi

  • 14 yanvar, 2020, 13:03
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO
Tailand poytaxti Bangkok shahrida erkaklar o‘rtasida "Chellenjer" turkumiga kiruvchi xalqaro turnirning ikkinchi davra bahslari o‘tkazilmoqda.
 
Mazkur musobaqada mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin britaniyalik Jek Dreyperga qarshi kortga chiqdi va 6:4, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
 
Shu tariqa, Denis musobaqaning uchinchi davrasida xorvatiyalik Borna Gojo bilan kuch sinashadigan bo‘ldi. Ular o‘rtasidagi o‘yin ertga, 15 yanvar kuni o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!