
Derevyanchenko: "Mbilli – kuchli va tajovuzkor, ammo..."
O‘rta vazn toifasidagi chempionlik uchun sobiq da’vogar, ukrainalik faxriy Sergey Derevyanchenko (15-5, 10 KO) 18 avgust kuni Kvebekda bo‘lib o‘tadigan frantsiyalik Kristian Mbilli (27-0, 23 KO) bilan bo‘lajak jang haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Ushbu jang haqida eshitishim bilanoq shartnoma imzolashga qaror qildim. Men Mbilining janglarini kuzatganman. U juda kuchli va tajovuzkor, lekin men ringga chiqishga tayyorman. Mening yutug‘im - tajribam. U menga yordam berishiga ishonaman" - deya Derevyanchenko so‘zlarini keltirdi The Ring.
Eslatib o‘tamiz, Derevyanchenko va Mbilli o‘rtasidagi bahs o‘n raundga mo‘ljallangan.
Fikrlar