Dest "Barsa"ga qaytadigan bo‘ldi

  • 26.03.2023 00:14
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona"ning ijaradagi futbolchisi Serjiino Dest yozda klubga qaytadi. Uni "Milan" sotib olishni xohlamayapti, deya xabar berdi insayder Matteo Moretto. 

AQShlik himoyachining Italiyadagi faoliyati omadli bo‘lmadi. U milanliklar safida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta ham golda ishtirok etmadi. 

Ma’lumot uchun, "Barsa" Destni 2020 yilda "Ayaks"dan 21 million evroga sotib olgandi. 22 yoshli futbolchi Xavining rejalariga kirmaydi. Shu sababli, u keyingi mavsumda boshqa klubga o‘tishi mumkin.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!